BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 21:26
BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Shuningdek, Xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan rezolyusiyada isroillik garovga olinganlarni “zudlik bilan va so‘zsiz” ozod qilish talab qilingan. Rezolyusiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari tomonidan taklif qilingan, AQSh esa ovoz berish jarayonida betaraf qolgan.

Bu G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan birinchi rezolyusiyadir. Ilgari bir necha shunday rezolyusiya AQSh tomonidan bloklangan edi. O‘z navbatida, Rossiya va Xitoy juma kuni AQShning o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘ini HAMAS terrorchilari tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bilan bog‘lovchi rezolyusiyani bloklagan edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati