Alves nihoyat qamoqdan ozod etildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 21:18
"Sevilya" va "Barselona"ning sobiq himoyachisi, braziliyalik futbolchi Dani Alves 1 million yevro evaziga qamoqdan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alveslar oilasi 1 million yevro miqdorida kredit olishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

O‘tgan yilning yanvar oyida 40 yoshli Dani Alves Barselonadagi “Satton” tungi klubida bir qizni zo‘rlaganlikda ayblangan edi.

20 yanvar kuni sobiq futbolchi hibsga olindi. Keyinchalik braziliyalik 4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, jabrlanuvchiga ma’naviy tovon sifatida 150 ming yevro to‘lashga majbur bo‘ldi.

Shu bilan birga, Ispaniya prokuraturasi Alvesni ko‘proq vaqt hibsda qolishi kerak deb hisoblab, sud qarori ustidan shikoyat qilishni rejalashtirgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati