“Navbahor” chempionni yengdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 21:06
Davlatobod tumani Markaziy stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Lochinlar” to‘liq ustunlikka ega bo‘lib, qardoshlar darvozasi oldida ko‘plab xavfli hujumlarni vujudga keltirdi. Ammo aksar hollarda qirg‘izlar posboni darvozaboni Kutman Kadirbekov mahorat ko‘rsatgan bo‘lsa, ayrim vaziyatlarda “Abdish-Ata” himoyachilari bexato harakat qilishdi. Maydon egalari 42-daqiqada Asadbek Sobirjonov tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

– O‘zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan “Navbahor”ga qarshi xalqaro o‘rtoqlik bahsi o‘tkazganimizdan xursandman. Mazkur o‘yin o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlaydi, jamoamiz uchun esa Avstraliyaning “Sentral Kost Mariners” klubiga qarshi kechadigan OFK kubogi hududiy final bellashuvlaridan oldin tajriba oshirishga yordam beradi”, – dedi “Abdish-Ata” jamoasiga murabbiylik qilayotgan hamyurtimiz Islom Ahmedov. – Tan olish kerak, namanganliklar o‘yin saviyasi va tajriba borasida jamoamizdan ancha kuchli. Yigitlarimiz nomdor raqibga qarshi munosib o‘ynashga intildi, biroq, tajriba o‘z so‘zini aytdi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati