Britaniya yadro sanoatini kuchaytirmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 21:00
Bosh vazir idorasi yakshanba kuni Sunak dushanba kuni yadroviy suv osti kemalari qurish va atom energetikasi sanoati kelajagini ta’minlash bo‘yicha milliy sa’y-harakatlar rejasini e’lon qilishi haqida yozgan. Bu loyiha 40 ming ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Rejaga ko‘ra, hukumat Angliya shimolidagi Barrou-in Ferness shahri aholisini ish bilan ta’minlash, transport tizimini yaxshilash va turar-joy qurish uchun sarmoya kiritadi. Shuningdek, 2030 yilga borib ish joyi hosil qilish va ta’limni rivojlantirishga kamida 962 million dollar investisiya kiritish uchun “BAE Systems”, “Rolls-Royce”, “EDF” va “Babcock” kabi sanoat ishtirokchilari bilan hamkorlik qilinadi.

Buyuk Britaniya yadro sanoati hukumat atom energetikasi istiqboli tufayli yuqori o‘sish davrini boshdan kechirmoqda. Bu jarayonda 2030 yilgacha 123 ming yangi ishchiga ehtiyoj tug‘iladi. Mamlakat suv osti kemasi sanoati yaqin yillar ichida “AUKUS” xavfsizlik pakti tuzilgandan so‘ng o‘sishi kutilmoqda. Mazkur hujjat Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar Avstraliyaga yadroviy suv osti kemalari sotib olishda yordam berishini ko‘zda tutadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati