Xitoyda oila qurish ko‘rsatkichi oshdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 20:50
2023 yilda Xitoyda turmush qurgan juftliklar soni 7,68 mlnni tashkil qildi. Bu bir yil avvalgiga qaraganda 12,4 foizga ko‘p. Fuqarolik ishlari vazirligiga ko‘ra, 2023 yilda bir yil avvalgiga qaraganda 845 ming ko‘p nikoh qayd etilgan. Nikoh soni bo‘yicha rekord 2013 yilga tegishli, bu yilda 13,47 mln nikoh qayd etilgandi.

Shuncha yildan keyin nikoh soni oshishi hukumatning rekord darajadagi kam tug‘ilish sabab turmush qurishni targ‘ib qilishi bilan ham bog‘liq.

Xitoyda tug‘ilish ko‘rsatkichi ketma-ket pasayib bormoqda. Bu jarayon mamlakatda aholi soni oshib ketgani sabab bir bolalilik siyosatiga o‘tilgan 1980 yillardan beri davom etyapti.

Shu oyning boshida mamlakat bosh vaziri Li Syan hukumat tug‘ilishni rag‘batlantiradigan jamiyat va aholining uzoq muddatli, muvozanatli rivojlanishi ustida ishlashini ma’lum qildi.

2015 yilda Xitoyda bir farzandlilik siyosati bekor qilingan. Odamlarni oila qurishga undash uchun subsidiya va boshqa imtiyozlar ham amalga kiritildi. 2021 yildan esa 3 nafargacha farzand ko‘rishga ruxsat berilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati