2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o‘tgan yilgiga nisbatan 11 foizga kamaygan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 19:36

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qildi.

✅O‘tgan yili Respublika bo‘yicha jami 6 535 nafar shaxs (2022 yilda 7 414 nafar) korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 2022 yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan.

✅Javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar shaxsning 1 076 (1482) nafari yoki 16,4 foizi (20 foizi) ozodlikdan mahrum etilgan.

✅Eng ko‘p sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish - 2 067 (2 145), pora berish - 894 (1 061), firibgarlik - 769 (937), pora olish -121 (155) va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish - 125 (117) hisoblanadi.

✅2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon 971(913), Sirdaryo 472(459), Surxondaryo 332 (302) viloyatlarida oshgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati