O‘zbekistonda mahalla terma jamoalari tashkil qilinadi hamda maktablarda futbol yetakchisi tanlab olinadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 18:52
O‘zbekistonda “mahalla terma jamoa”lari tashkil qilinadi hamda maktabda futbol yetakchisi tanlab olinadi.

Bu haqda “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Prezidentning PQ-136-son qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga qo‘shimcha vazifalar yuklanadi va u futbol bo‘yicha sport inshootlaridan tizimli va samarali foydalanishini tashkil qilib beradi. Bundan tashqari yoshlar yetakchisi futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni musobaqalarga tayyorlashni tashkil etadi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Sport vaziri (A. Ikramov) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyulidagi PQ-245-son qarori bilan tasdiqlangan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahallalarda universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol assoitsasiyasi, Sport vazirligi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent Shahar hokimliklari bilan birgalikda 12-15 yosh toifalari o‘rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16-30 yosh toifalari o‘rtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yishi ko‘zda tutilgan.

“Mahalla liga”si musobaqalarida o‘z iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yo‘naltirib borish tizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi birgalikda 2024-yildan boshlab 8-11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafar futbol yetakchisini tanlab olish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Futbol yetakchisi o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasining musobaqalarda qatnashishi bilan bog‘liq masalalarda sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosariga ko‘maklashadi.
Qarorga ko‘ra, ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga Sport vaziri A.Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assosasiyasi raisi A.Azizov mas’ul qilib belgilangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati