Arsenal ivuarlik futbolchiga ko‘z tikkan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 18:42
"Arsenal" Usmon Diomandeni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Record xabariga ko‘ra, Mikel Arteta yangi markaziy himoyachi qidiryapti, shu sababli "Arsenal" "Sporting"dan Usmon Diomande nomzodiga e’tibor qaratishga qaror qilgan.

Klub 20 yoshli futbolchiga 2023 yilning qishidan beri ko‘z tikib kelmoqda. O‘tgan yili "Sporting" "Arsenal"ning 30 million yevrolik taklifini rad etgani xabar qilingandi.

"Arsenal" futbolchining agenti va Portugaliya klubini muzokaralar haqida xabardor qilgani aytilmoqda.

Futbolchining 2027 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasida tovon puli 80 million yevro qilib belgilangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati