Rossiya Kiyevga raketalar bilan zarba berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 18:42

Ukraina harbiy-havo kuchlari Kiyev osmonida ikkita ballistik raketa urib tushirilgani haqida xabar berdi.

"Zarbalar vaqtinchalik bosib olingan Qrim hudududidan amalga oshirildi. Rossiya qo‘shinlari Kiyevga “Sirkon” gipertovushli raketalari bilan hujum qilgani taxmin qilinmoqda", — deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari bayonotida.

Kiyev meri Vitaliy Klichko raketa zarbalari natijasida bir nechta binoga shikst yetgani va 9 kishi turli darajada jarohatlanganini ma’lum qildi.

"Rossiyaning Kiyevga bugungi zarbasi Ukraina Xavfsizlik xizmatining yuqori martabali amaldorlari faoliyat yurituvchi binolarga qaratilgan edi", deya yozmoqda Kyiv Post nashri manbalarga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni Ukrainada Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni hisoblanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati