JSST: Dunyoda 35 million nafar bola qizamiqdan himoyalanmagan

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-07-2024, 20:48
Uch yil davom etgan koronavirus pandemiyasi ko‘plab sohalarda uzilish va to‘xtalishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, dunyo bo‘ylab bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi ham keskin pasayishi kuzatildi.

Mana, hozir epidemiologik vaziyat barqaror. Kasallik ortga chekingan. Ammo o‘tgan yili vaksina olmagan bolalar soni pandemiyadan avvalgi davr — 2019 yilga qiyoslaganda 2,7 million nafarga ko‘paygani afsuslanarli hol.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF tomonidan e’lon qilingan yangi qo‘shma hisobot ayni shu muammo tahliliga bag‘ishlandi.

Unda qayd etilishicha, 2022 yilda 13,9 million nafar o‘g‘il-qiz difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi bir martalik vaksinalarni qabul qilmagan bo‘lsa, 2023 yilda ular soni 14,5 million nafarga yetgan.

Bundan tashqari, qariyb 35 million bola qizamiqqa qarshi umuman emlanmagan yoki vaksinalarning tegishli dozasini olmagan.

Dunyo bo‘yicha 83 foiz o‘g‘il-qiz xuddi shu kasallikka qarshi bir dozada, 74 foizi esa 2 bosqichda emlangan. Biroq JSST tomonidan bu borada qamrovni 95 foizga yetkazish maqsad qilingan. Shu ma’noda, erishilgan ko‘rsatkichlar qoniqarli emas.
Shu bois tashkilot tegishli hukumatlarni bu muammoni bartaraf etish uchun faol chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqirdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati