• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • SSV: Qirg‘iziston bilan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

SSV: Qirg‘iziston bilan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-07-2024, 17:40
Xabaringiz bor, shu kunlarda davlatimiz rahbarining taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan yurtimizda bo‘lib turibdi.

Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov qirg‘iz delegasiyasi tarkibida yurtimizga kelgan ushbu mamlakatning Sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qirg‘izistonni umumiy tarix, o‘xshash madaniyat va qadriyatlar, mushtarak til kabi jihatlar bog‘lab tug‘radi. Ko‘p asrlik birodarlik rishtalari azaldan samimiylik va chuqur hurmatga asoslangan.

So‘nggi yillarda davlatlarimiz yetakchilarining siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib bormoqda.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqotda sheriklik aloqalarini sog‘liqni saqlash sohasida ham kengaytirish uchun keng imkoniyatlar borligi qayd etildi.

Xususan, bugungi kunda Qirg‘izistonda yurtimizda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash sohasi butunlay transformasiya qilinmoqda. Chunonchi, mamlakatda boshqaruv tizimini takomillashtirish, tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilish, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni xalqqa yaqinlashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilyapti. Yaqinda qirg‘izistonlik shifokorlar tomonidan ilk bor jigar ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarilgani buning tasdig‘idir.
Qardosh davlat delegasiyasi vakillari transplantologiya, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, tibbiy ta’lim kabi qator yo‘nalishlarda aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
A.Xudayarov o‘zaro bilim va tajriba almashinuvi ikki mamlakat uchun faqat foyda keltirishini ta’kidlab, qirg‘izistonlik hamkasbiga milliy tibbiyotni isloh qilishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati