Qo‘llarni nega tez-tez yuvish kerak?
- Жанр: Salomatlik
- Смотрели: 12
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-07-2024, 09:10
Eng ko‘p bakteriyalar qo‘l kaftida yashaydi. Inson tanasidagi ko‘p bakteriyalar soch va qo‘llarda to‘plangan. Bakteriyalarning aksariyati tirnoqlar ostida, kaftlarning yon tomonlarida va terining burmalarida bo‘ladi.
Toza qo‘l terisi yuzasida mikroblar 10 daqiqa ichida o‘ladi. Agar qo‘llar iflos bo‘lsa, 95% hollarda mikroblar omon qoladi va faol ravishda ko‘payishi mumkin.
Olimlar chap va o‘ng qo‘llarda mutlaqo boshqa-boshqa mikroblar yashashini aniqlagan.
Ofis xodimining qo‘llari o‘rtacha 10 million turdagi bakteriyalar bilan aloqa qiladi.
Yuzasida eng ko‘p bakteriya to‘planadigan narsalar — pul, telefon va eshik tutqichlaridir. Chunki ular doimiy muomalada bo‘lib, bir kunda bir nechta qo‘l bilan ushlanishi mumkin. Shunga qaramay, katta yoshli aholining atigi 27 foizi pul ushlaganidan keyin qo‘llarini yuvar ekan.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan ko‘plab mikroorganizmlar kompyuterlar va noutbuklarning klaviaturalarida, shuningdek shahar aholisining aksariyati deyarli bir daqiqaga ham ajralmaydigan mobil telefonlarida yashaydi. Masalan, mobil telefon yuzasida mikrob va bakteriyalar hojatxonadagiga qaraganda 10 baravar ko‘proq bo‘larkan.
Qo‘lni kamida 20 soniya davomida va iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Juda issiq suvda yuvish qo‘l gigiyenasi samaradorligini oshirmaydi. Aksincha, issiq suv zararli bo‘lib, qo‘lning nozik terisini quritadi va yallig‘lantirishi mumkin.
Afsuski, tez-tez qo‘l yuvish foydali mikroorganizmlarni ham o‘ldiradi. Qo‘llarimizda nafaqat kasallik uyg‘otuvchi, balki organizmimizni himoya qiladigan foydali bakteriyalar ham yashaydi. Qo‘llarni haddan tashqari ko‘p yuvish ularning ham nobud bo‘lishiga olib keladi.