Turg‘unboyev: Ertaga ajoyib bahs kutib turibdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 16:16
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida Gongkongga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26 mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Azizbek Turg‘unboyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ertaga ajoyib bahs kutib turibdi. Legionerlar ham tarkibda, to‘liq mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz. G‘alaba qozonib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz.

Terma jamoada murabbiy aytgan joyda o‘ynash kerak. Ko‘proq yarim himoyada o‘ynab hujumga qo‘shilishni yoqtiraman. Biroq bu pozisiyada ham o‘zimni qulay his qilyapman.

Bolalarda charchoq alomati sezilmayapti. Hammaning holati yaxshi, biz tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazib ulgurdik. Uchrashuvga tayyormiz", dedi Turg‘unboyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Gongkong o‘rtasidagi uchrashuv 26 mart kuni 19:30 da start oladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati