Ko‘kdalada tadbirkor mahallasidagi kitobxon o‘quvchiga kompyuter sovg‘a qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 15:50
2023 yilning sentyabr oyida Ko‘kdala tumanidagi 18-maktab o‘quvchilariga o‘zbek va jahon adabiyotidagi eng mashhur 10 ta badiiy asarlar ro‘yxati berilib, roppa-rosa olti oydan so‘ng maktabda shu asarlar asosida «Eng kitobxon o‘quvchi» tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

E’tiborli tomoni, ushbu tanlovning tashabbuskori va homiysi shu mahallada istiqomat qiluvchi tadbirkor Nishon Karimov bo‘lib, u tanlov g‘olibi zamonaviy kompyuter jamlanmasi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari esa kitoblar to‘plami bilan taqdirlanishini bildirgan.

Berilgan o‘nta asarni yaxshilab o‘qib chiqib, tanlovda g‘olib bo‘lish va zamonaviy kompyuter egasiga aylanish kimga yoqmaydi, deysiz?! Shu bois ham o‘quvchilar o‘tgan vaqt davomida tanlovga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishdi. Bu ularning tanlov jarayonidagi faolligi, o‘zaro raqobatning kuchliligida ham aks etib turdi.

Tanlovning dastlabki shartida o‘quvchilar 10 tadan test savollarini yechishgan bo‘lsa, ikkinchi shartda o‘zlari tanlagan biletdagi parcha qaysi asardan olinganini aytib, ushbu asarning mazmuni haqida qisqacha so‘zlab berishdi. Ularning natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 8-sinf o‘quvchisi Malika Yoqubova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Unga bosh sovrin – noutbuk va kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. 2-o‘rinni Javlon Ravshanov va Shodiyona Sherxonova egalladi. Ularga ham oz emas, ko‘p emas, 1 million so‘mlik kitoblar topshirildi.

— Tanlov o‘quvchilarimizning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi, — deydi maktab direktori Muhammadisharif To‘rayev. — Bizni xursand qilgani, mahallamizda Nishon Karimov singari ziyoli, ilmni qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar ko‘p. Endilikda bu an’anani doimiy davom ettirishni maqsad qilganmiz.
Shuningdek, tadbirkor tomonidan maktab kutubxonasiga ham badiiy kitoblar to‘plami topshirildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati