Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 15:46
2024 yil 25 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, aholining sog‘ligi, hayoti va xavfsizligini ta’minlash, qurilish sifatini oshirish, sodir etilgan huquqbuzarliklarni kamaytirib, yanada ta’sirchan jazo choralarini qo‘llash maqsad qilinyapti.

Fraksiya a’zolari tashabbuskorlarning takliflarini tinglar ekan, shaharsozlik faoliyati sohasida ko‘payib borayotgan noqonuniy qurilishlarning oldini olish, tasdiqlangan bosh rejalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan me’yorni ijobiy baholashdi.

Muhokamada jarayonida deputatlar ijtimoiy obektlardagi seysmik xavfsizlikka oid savol bilan murojaat qilishdi. Mutaxassisning bu masalalar investisiya dasturlari orqali ta’minlanadi, degan javobidan qoniqmagan deputat o‘z fikrini qayta izohladi.

— Bilamizki, maktab, bog‘chalarni ta’mirlashda investisiya dasturiga asosiy bino kiritiladi, — dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Shohista Turg‘unova. – Ammo o‘sha muassasaning to‘garaklar o‘tadigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanadigan binolari ham bor. Afsuski, ularning ko‘pi avariya holatida. Quvvati yetmagani bois asosiy bino ta’mirlanib, qolgan qism qolib ketyapti. Mana shu masalalarga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.

Fraksiya a’zolari joylardagi holatlar hamda aholi murojaatlaridan kelib chiqib, o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi ma’qullandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati