Qirg‘iziston o‘z fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 15:38
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga sayohat qilmaslikka chaqirdi.

Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi boshlig‘i Bakit Qodirov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Rossiya tomoni chegarani kesib o‘tishda tekshiruvlarni kuchaytirgan.

"Ayni paytda Rossiyada terrorizmga qarshi kurash olib borilmoqda. Mamlakatdan chiqish va kirishda tekshiruvlar kuchaytirildi. Shu bois elchixona Rossiyaga kirishni oldindan rejalashtirishni va zarurat bo‘lmasa, unga bormaslikni tavsiya qiladi, bu haqda barcha diasporalar xabardor qilinadi”, — dedi Qodirov.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati