Yuventus Kopmeyners uchun poygada favorit hisoblanadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 15:32
"Yuventus" "Atalanta" yarim himoyachisi Tyon Kopmeynersni sotib olish uchun favoritga o‘xshaydi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda, biroq ko‘p narsa mavsum yakunida mersisaydliklarni kim boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Kopmeyners “Atalanta” safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati