Andijon: urug‘chilikni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 15:30
Qishloq xo‘jaligi qo‘shimcha imkoniyatlarga boy soha. Bozorlarimiz fayz-u barakasi, hayotimiz farovonligi ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Shu bois keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Binobarin, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan hududlarda faoliyat olib borayotgan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi mutaxassis xodimlarning bilim va ko‘nikmalari oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport hajmini oshirish, sohaga investisiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish hamda aholi daromadini ko‘paytirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

Dastlabki seminarlardan biri, bugun Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi. Urug‘chilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-seminarida vazirlik mas’ullari, viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda fermer va dehqon xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.

Aytish kerak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish, ularning sifatini oshirishda genetik soflik va zararkunandalarga chidamliligini saqlab qolgan holda, savdoga qo‘yilgan navlarning urug‘larini yetishtirish muhim ahamiyatga ega.

Tashkil etilgan seminarda ham ayni shu masalalar xususida so‘z yuritildi. O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligining bu tarmog‘ini yanada takomillashtirishda kadrlar salohiyatini oshirish, ularning bilim va malakasini oshirish muhim ekani qayd etildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati