Keksalikni sog‘lom holda kutib olish va uzoq umr ko‘rishni istaysizmi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 10
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-07-2024, 11:26
Har bir inson yuz yoshga yetib, nevara va chevaralarining ulg‘ayishini ko‘rishni orzu qiladi. Ammo nafaqat uzoq umr ko‘rish, balki keksalikni baxtli, sog‘lom, kuchga to‘la holda kutib olish muhimdir.

✅ Keksalikda inson organizmi hayot sifatini yomonlashtiradigan tabiiy o‘zgarishlarga duch keladi. Osteoporoz, hissiy funksiyalar (eshitish, ko‘rish) pasayishining oldini olishga va turli jarohatlar ehtimolini tushirishga alohida e’tibor qaratish lozim. (https://telegra.ph/file/b291f738a8e0171dbab7d.jpg)

❗️Sog‘lom qarish va uzoq umr ko‘rish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur.

???? 1. To‘g‘ri ovqatlanish. Kuniga kamida 5 marta ovqatlaning. Rasioningizdan achchiq, yog‘li, sho‘r ovqatlarni chiqarib tashlang. Shirinlik iste’molini minimal darajaga tushiring. Kuniga kamida 500 g meva va sabzavotlar yeng. Immunitet tizimini mustahkamlash uchun rasioningizga kalsiyga boy bo‘lgan sut mahsulotlari, ba’zi bargli sabzavotlar; osteoporozning oldini olish uchun magniy, fosfor va D vitamini bo‘lgan; yurak-qon tomir tizimi va miya holatini normal holda saqlash uchun tarkibida to‘yinmagan yog‘lar, ayniqsa Omega-3 bo‘lgan mahsulotlarni qo‘shing. Qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan taomlarni ko‘proq iste’mol qiling. Yotishdan oldin ovqatlanmang.

???????? 2. Jismoniy faollik. Katta yoshlilar kuniga hech bo‘lmaganda yarim soat harakatda bo‘lishi kerak. Toza havoda piyoda sayr qilish, velosipedda yurish va suzish tananing ko‘plab a’zolari va tizimlarini sog‘lom holatda saqlashga yordam beradi. Asosiysi, muntazam ravishda shug‘ullanish kerak. Jismoniy faollik yurak-qon tomir tizimining holatini yaxshilaydi, suyaklarni mustahkamlaydi hamda ularga qon va kislorod yetkazib berishni rag‘batlantirish orqali miya hujayralarini sog‘lom holda saqlaydi.

???? 3. Miyani ishlatuvchi mashg‘ulotlarni bajarish. Mantiqiy masalalar, krossvordlarni yechish, kitob o‘qish va ulardagi voqealarni kimgadir hikoya qilib berish, yangi bilimlarga ega bo‘lish tavsiya etiladi.
⏰ 4. Rejimga rioya qilish. Doim bir vaqtda uyg‘onish, badantarbiya qilish, ovqatlanish va uyquga yotishga harakat qiling. Kuniga kamida 8 soat uxlang.
????‍????‍????‍???? 5. Ijtimoiy faol bo‘lish. Qarindoshlar, do‘stlar va yaqinlar bilan muloqot qilish, qiziqarli tadbirlar, ko‘rgazmalar, teatrlarga borish sog‘lom uzoq umr ko‘rishning muhim tarkibiy qismidir. Yolg‘izlik salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
???? 6. Optimistik dunyoqarash. Hayotga ijobiy munosabat umr ko‘rish davomiyligini oshiradi va stress darajasini pasaytiradi, salomatlikni saqlashga yordam beradi.
???????? 7. Xobbi. Bog‘dorchilik, kitob o‘qish, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish yoki yoqimli musiqani tinglash kabi sevimli mashg‘ulotlaringizga vaqt ajrating.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati