Ekaterinburgda O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 14:54
Ekaterinburgda O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Yekaterinburg shahrida kechki iftor tashkil etilib, mamlakatning ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik salohiyatini ochib beruvchi videofilmlar va taqdimot namoyish etildi.

Tadbirda Sverdlovsk viloyati mahalliy hokimiyatining bir qator vakillari, Rossiya TIV Uraldagi vakilining o‘rinbosari, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Tojikistonning Yekaterinburgdagi bosh konsullari va diplomatlari, bir qator Kavkaz respublikalari, xususan Dog‘iston, Ingushetiya, Checheniston hukumatlarining Uraldagi doimiy vakillari, turli diaspora rahbarlari, Chelyabinsk, Sovetskiy, Yekaterinburgdagi o‘zbek diaspora rahbarlari hamda talabalar ishtirok etdi.

“Uchrashuvda O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan muqaddas ziyoratgohlar haqidagi ma’lumotlar mehmonlar e’tiboriga havola qilindi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, tadbir mehmonlariga o‘zbekistonlik hunarmandlar tomonidan amaliy san’at mahsulotlari, shuningdek, gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tataristonning Uraldagi doimiy vakili Haydar Gilfanov Bosh konsulxona ochilganidan so‘ng O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati hamda qadriyatlari keng targ‘ib qilinayotganini e’tirof etdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati