• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Surxondaryoda noruda materiallardan o‘zboshimchalik bilan foydalangan xorijiy korxonaga jinoyat ishi ochildi

Surxondaryoda noruda materiallardan o‘zboshimchalik bilan foydalangan xorijiy korxonaga jinoyat ishi ochildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 14:26
Surxondaryo viloyatida noruda materiallaridan noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan foydalangan xorijiy korxonaga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat ekologiya boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan Qumqo‘rg‘on hamda Bandixon tumanlarini bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘llarni qaytadan rekonstruksiya qilayotgan Hayap Group Pica Ambalaj Adi Ortakligi faoliyati o‘rganilgan.

O‘rganish jarayonida ushbu korxona tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi “Oqqapchig‘ay” jamoa xo‘jaligining “Ko‘chkali” mahallasidagi “Qarg‘alisoy” hududida Hayap Group Pica Ambalaj Adi Ortakligi korxonasiga tegishli bo‘lgan texnikalar orqali noqonuniy ravishda 5688,17 m3 qum-tosh qazib olingani aniqlangan.

Ushbu holat oqibatida tabiatga umumiy hisobda 150 million 452 ming so‘mlik zarar etkazilgan.

Hayap Group Pica Ambalaj Adi Ortakligi korxonasi foydali noruda materiallarini o‘zboshimchalik bilan qazib olganligi uchun korxona rahbari R.M va boshqalarga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 192-moddasi 1-qismi (xususiy mulk huquqini buzish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan oldin Sangzor daryosi o‘zanida o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirida uchuvchisiz uchish apparati (dron) orqali huquqbuzarlik aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati