Almashlab ekishning ahamiyati nimada?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 14:20
Almashlab ekish – qishloq xo‘jalik ekinlarini dalalar va yillar bo‘yicha ilmiy asoslangan navbatlab ekish. Almashlab ekish dalalarda o‘tkaziladigan barcha agrotexnik tadbirlarning asosi hisoblanadi. U to‘g‘ri tashkil etilganda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishni, begona o‘tlar, zararkunanda hamda kasalliklarning keskin kamayishini ta’minlaydi.

Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish va tuproq unumdorligini saqlab qolishda o‘tmishdosh ekinlar muhim ahamiyatga ega. Almashlab ekishda ayni vaqtda yetishtirilayotgan ekindan oldin ekilgan ekin o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Masalan, bug‘doydan keyin g‘o‘za ekilsa, bug‘doy g‘o‘zaning o‘tmishdosh ekini bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligida bitta oilaga kiruvchi ekinlar bir-biriga yaxshi o‘tmishdosh bo‘la olmasligi isbotlangan. Masalan, makkajo‘xori, zig‘ir, tariq, kungaboqar, qand lavlagi kabi ekinlar bir dalada ikki yoki uch yil davomida ekilsa ularning hosildorligi keskin kamayadi, dalada begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalar ko‘payib ketadi.

Markaziy Osiyo sharoitida: – Kartoshka uchun karam, dukkakli sabzavotlar, bodring, ikki yillik sabzavot ekinlarining urug‘lari: piyoz, ildizmevalar va shuningdek, poliz ekinlari eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi; – Pomidor uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar – dukkaklilar, poliz ekinlari, karam va piyozdir; – Karam o‘simligi kartoshka, poliz ekinlari, bodring va ildizmevalilar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi; – Begona o‘tlardan ziyon ko‘ruvchi piyoz va ildizmevali sabzavotlardan keyin karam, bodring, kartoshka ekilishi zarur; – Poliz ekinlari va bodring ko‘p yillik o‘tlardan, sabzavot ekinlaridan, karam, ildizmevalilar, piyoz va don ekinlaridan keyin yetishtirilganda yuqori hosil beradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati