Yo‘l yuzida sotilayotgan mahsulotlar sifatlimi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 31
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 17-07-2024, 22:32
Birinchidan, yo‘l yuzida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya talablariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, oziq-ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘, suv, vitamin va uglevodlar mikroblarning ko‘payishi uchun juda qulay muhit hisoblanadi. Hozirgi issiq ob-havo sharoitida yo‘l yuzida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati tez buziladi. Bir qarashda xafvsiz ko‘ringan mahsulotlar turli xildagi zaharlanishga, buning natijasida organizmning kuchli suvsizlanishi, holsizlik, isitma va qayt qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Unutmang salomatligingiz siz va yaqinlaringiz uchun muhim !

2️⃣ Ikkinchidan, yo‘l yuzida duch kelgan joyda oziq-ovqat mahsulotlari sotish aholining transport vositalari yoki piyoda harakatlanishi uchun sezilarli darajada noqulaylik keltirib chiqaradi.

Shu sababli, sotuvchi va fuqarolarga yo‘l yuzida duch kelgan joyda emas, balki, o‘zlariga yaqin bo‘lgan hududdagi bozor rastalarida savdo faoliyatini olib borishlari tavsiya etiladi.

???? Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Mirzo Tursunzoda ko‘chasi yo‘l yuzida belgilanmagan joyda sanitariya talablariga zid ravishda sotilayotgan tarvuz qovun savdosi bartaraf etildi.

Shuningdek, belgilanmagan joyda tarvuz qovun sotayotgan fuqarolar bilan aholiga noqulaylik keltirmaslik va sanitariya talablariga zid ravishda yo‘l yuzida savdo faoliyatini olib bormaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati