• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • WBO chempioni Tim Szyu Fundoraga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

WBO chempioni Tim Szyu Fundoraga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 14:12
Birinchi o‘rta vazn (-69,9 kg) toifasida WBO chempioni Tim Szyu (24-0, 17KO) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga mashg‘ulotidan suratlar joyladi.

Avstraliyalik bokschi 31 mart kuni Las-Vegas shahrida amerikalik Sebastyan Fundoraga (20-1-1, 13KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Fundora faoliyatida 22 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, hali biron marta ham chempionlik kamari uchun ringga chiqmagan. Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Sebastyan Fundora jarohat sabab safdan chiqqan amerikalik Kit Turmanning o‘rnini egallagandi. Faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatini Brayan Mendosadan qabul qilib olgan. Szyu ham bo‘lajak jangga WBO kamari yonga WBC chempionlik kamarini qo‘shib qo‘yish uchun harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, birinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari Isroil Madrimovga tegishli. Madrimov keyingi jangini Tim Szyu—Sebastyan Fundora jangi g‘olibiga qarshi o‘tkazishi ham mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati