Manchester Yunaytedning moliyaviy ahvoli yaxshi emas. Klub yangi egasining puli nimaga sarflanadi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 13:42
Dekabr oyi oxirida "Manchester Yunayted" yangi xo‘jayin topdi. Britaniyalik biznesmen ser Jim Retkliff klubning 25% ulushini 1,6 milliard dollarga sotib oldi va uning rivojlanishiga yana 300 million dollar sarmoya kiritishga va’da berdi. Gleyzerlar oilasi, muxlislarning "Manchester Yunayted"da hokimiyat butunlay o‘zgarishini kutishlariga qaramay, qolishdi.

Britaniyalik biznesmen sarmoyadan tushgan daromad haqida o‘ylamasligini, chunki "Yunayted"ga sarmoya kiritish ortida uning shaxsiy manfaatlari turganini ta’kidladi. "Shubhasiz, sport orqali odamlar kompaniyalarim haqida bilib olishadi", dedi Retkliff.



Tadbirkor darhol klubning futbol faoliyatiga e’tibor qaratishini aytdi, shu bois "Old Trafford"ga kelgan paytdan boshlab u barcha sport masalalarini o‘z nazoratiga oldi. U murabbiy, sport direktori va futbol jihatlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqa rahbarlarning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda to‘liq kart-blanshga ega. Bu klub ulushini sotib olish bo‘yicha kelishuv shartlari edi.

Asosiy maqsad – stadionni yaxshilash

300 million dollar ikki to‘lov shaklida keladi: 200 million dollar tranzaksiya tugagandan so‘ng, yana 100 million dollar shu yil oxirigacha. Retkliff yangi stadion haqida ko‘p gapiradi, ammo bu mablag‘ yetarli emasligi aniq. 2022 yilda potensial arena qurilishi rejalari 1 milliard funt sterlingdan oshiqroq deb baholangan edi. Rekonstruksiya kamroq xarajat talab qiladi, ammo bu holatda klub yutqazadi. Klub stadionga tashrif buyuruvchilar orqali umumiy daromadning 21% ni topadi.
eyetkliff nafaqat klubning eng muhim merosi va jamoat markaziga aylanib qolmay, balki "Uembli" bilan raqobatlashadigan stadionni orzu qiladi. Tadbirkor 90 ming tomoshabinga mo‘ljallangan arena haqida gapirdi, biroq hozircha bularning barchasi so‘zda qolmoqda. Agar Retkliff haqiqatan ham shunday keng ko‘lamli qurilishni rejalashtirgan bo‘lsa, unda uning dastlabki sarmoyasi faqat loyihalash va qurilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli bo‘ladi.
Biroq hech kim bu pullar jamoaning yangi stadioniga sarflanishini aytmadi. 300 million dollarni hamma narsaga ishlatish mumkin: xoh maosh, xoh transfer. Garchi Retkliff futbolchilarni sotib olishga ko‘p pul sarflash taraqqiyot va farovonlik yo‘li emas, deb hisoblasa ham. Shu bois, “Manchester Yunayted” Jud Bellingem yoki Kilian Mbappe kabi super yulduzlarni qo‘lga kiritishga urinmaydi ham.
Retkliffning rejasi bu pulni maxsus stadion uchun ishlatishdir. Bu faqat rejalashtirish va dizaynning dastlabki bosqichlari uchun yetarli bo‘lsa ham. Yangi xo‘jayin uchun "Yunayted" muxlislariga yangi uy sovg‘a qilish juda muhim, chunki tomidan suv oqayotgan "Old Trafford" endi klub standartlariga mos kelmaydi. Stadion daromad oqimini ham oshiradi, Retkliff buni ochiq aytdi: "Futboldagi yangi muammolardan biri moliyaviy feyr-pley, bu yerda siz o‘z imkoniyatlaringiz doirasida yashashingiz kerak, shuning uchun qancha pulingiz bo‘lsa, shuncha yaxshi yashashingiz mumkin".

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati