Demokratik huquqiy davlatda nechta hokimiyat bo‘lishi kerak?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 13:40
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun: «Sudlar yetarli darajada tuzilmagan har qanday davlat o‘zining davlatchiligini yo‘qotadi», deb bejizga aytmagan.

«Temur tuzuklari»ga ko‘ra Amir Temur davlatda adolat o‘rnatish tarafdori bo‘lgan. Shu bois har bir shahar va viloyatda qozi-sudyalar va muftiylar arizachilarni qabul qilib, sud va sudlov ishlarini olib borgan.

Demokratik huquqiy davlat tizimida nechta hokimiyat bo‘lishi kerakligi bo‘yicha hech qaysi ta’limotda aniq bir javob yo‘q. Ko‘pchilik shunday hokimiyatlar uchta: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘lishi kerak, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng davlatchilik poydevorini barpo etish, demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida 1992 yilda o‘zining Konstitusiyasini qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida hokimiyatlar bo‘linishining yuqorida tilga olingan uchta tarmog‘i hamda ularning bo‘linishi aks etgan.

Sud hokimiyati – hokimiyatlar bo‘linishi qoidasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmog‘i.
U o‘zida odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, ya’ni jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va konstitusiyaviy ish (nizo)larni prosessual, qonun bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish vakolatlari yig‘indisini, ba’zi mamlakatlarda, shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlarini, qonun ijodkorligi vakolatlari va boshqa vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi.
Hozirgi zamon demokratik davlatlarida sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini ta’minlashga, inson huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan. Mamlakatimizda sud hokimiyatining konstitusiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Konstitusiyada mustahkamlanishicha, «O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi».
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati