Rostov yaqinidagi Novocherkasskaya GRESida yong‘in sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 13:24
Rostov yaqinidagi Novocherkasskaya GRESida yong‘in sodir bo‘ldi.

"Yong‘in oqibatda stansiyaning to‘qqizta energoblokidan ikkitasi o‘chirilgan", — deya ma’lum qildi viloyat gubernatori Vasiliy Golubev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in sabablari hozircha aniqlanmoqda, alanga tezda o‘chirilgan. Yong‘in tufayli stansiyadan kelayotgan ikkita yuqori voltli elektr uzatish liniyalari ham avtomatik ravishda o‘chirilib, ularning faoliyati allaqachon tiklangan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tungi vaqtda GRES hududida portlash tovushlari va uning yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan dronlar haqida xabar berishdi.

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, tunda Rostov viloyatida 11 ta dron urib tushirilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati