• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkent tumanida 7400 qutidan ziyod aksiz markasiz tamaki mahsulotlarni muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent tumanida 7400 qutidan ziyod aksiz markasiz tamaki mahsulotlarni muomalaga kiritilishining oldi olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 13:18
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.R. xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi 7 010 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro I.SH.ga 80,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 7 465 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati