Mamlakatimizda yana sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 13:16
“O‘zgidromet” 26—30 mart kunlari kutilayotgan noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, 26—30 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26—28 mart kunlari shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, 26—31 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planish ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati