• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “Yallama” postida 830 mln so‘mlik LED chiroqlarning mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

“Yallama” postida 830 mln so‘mlik LED chiroqlarning mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 12:50
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan mamlakat hududiga hujjatlari bo‘lmagan tovar-moddiy boyliklarni olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi.

Xususan, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda post xodimlari va Tovarlarni klassifikasiyalash guruhi xodimi tomonidan “Yallama” chegara bojxona postida mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga olib kelingan tovarlar yuklangan Volvo rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 830 million so‘mlik 200 ming 120 dona LED chiroqlar va 1 tonna 332,5 kilogramm LED chiroqlarning ehtiyot qismlari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida 110 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolingani to‘g‘risida xabar berilgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati