Arauxo Barsadan ketmaydigan bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 12:32
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida ispan klubini tark etmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati urugvaylik futbolchini jamoaning muhim bo‘lagi deb biladi, shuning uchun uni qo‘yib yubormoqchi emas.

Avvalroq, Arauxoga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda himoyachi “Barselona” safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali Urugvay terma jamoasining 25 yoshli futbolchisini 70 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati