Matteus Kroosning terma jamoaga qaytganidan xursand bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 12:30
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus milliy terma jamoa yarim himoyachisi Toni Kroosning Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi (2:0) o‘yini haqida fikr bildirdi.

Matteusning so‘zlariga ko‘ra, golli uzatmani amalga oshirgan 34 yoshli futbolchi jamoadoshlariga yaxshi ta’sir o‘tkazdi.

"Toni Kroos qaytganidan juda xursand bo‘lishi mumkin. U o‘zining xotirjamligi, aql-zakovati, pozision o‘yini va jamoadoshlariga bo‘lgan e’tibori bilan jamoaga yaxshi ta’sir qildi", - deya Matteusdan iqtibos keltiradi Sky Sports Germany.

Joriy mavsumda Kroos o‘zining "Real Madrid" klubi safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati