O‘zbekiston hududiga nam o‘rta yer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:56
26-29 mart kunlari davrida O‘zbekiston hududiga nam o‘rta yer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26 martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so‘ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.

25-26 va 28-29 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 28-29 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda: 26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27-29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun va ertaga kunduzgi harorat 25-27 daraja iliq, 27 martda 20-22 daraja iliq, 28 martda 18-20 daraja iliq, kechalari harorat asosan 11-14 daraja iliq bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati