«Biz Rafahga kirib, irodali g‘alabaga erishamiz» — Netanyaxu

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:50
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubida 1,5 million falastinlik boshpana olayotgan Rafahga hujum qilinishini ma’lum qildi.

Isroil hukumati matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, Netanyaxu yahudiylarning muqaddas Purim bayrami munosabati bilan polisiya bo‘limiga tashrif buyurgan.

Netanyaxu yahudiylar Tavrotga ko‘ra Purimda mag‘lub bo‘lgan Eron qiroli Axashvarning vaziri Xomonni tilga olib, HAMASning rahbari Yahyo Sinvarni ham shunday tarzda yo‘q qilishini aytgan. Isroil Bosh vaziri xalqaro e’tirozlarga qaramay, G‘azo janubidagi Rafahga kutilayotgan hujum haqida gapirdi.

«Biz Rafahga kirib, irodali g‘alabaga erishamiz», - dedi Netanyaxu.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Tel-Avivga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgan Netanyaxu Isroil Rafahga kirmasdan turib, HAMAS ustidan g‘alaba qozona olmasligini aytdi. U buni AQSh ko‘magida amalga oshirishiga umid bildirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati