Tokio shahar terma jamoasi «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:50
Shu kunlarda Tokio o‘smirlar terma jamoasi yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi. Jumladan, “kun chiqar yurt” vakillari o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida poytaxtimizga tashrif buyurdi. Kuni kecha ular “Bunyodkor” futbol Akademiyasining 2007 va 2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar jamoalari bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi. Bo‘lajak bahs oldidan yaponiyalik o‘smirlar “Bunyodkor” futbol klubining muzeyini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, futbol maydonida suratga tushishdi. “Bunyodkor” futbol Akademiyasi rahbariyati va Tokio shahar o‘smirlar terma jamoasi vakillari o‘rtasida o‘zaro suhbat bo‘lib o‘tdi. Endi qisqacha yakuniga yetgan bahs xususida to‘xtalsak: Keskin va murosasiz kechgan har ikkala qarama-qarshilikda ham yaponiyalik yosh futbolchilar bir xil 0:1 hisobida zafar quchishdi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati