Abdulla Aripov Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:40
Bosh vazir Abdulla Aripov 25 mart kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Abdulla Aripov avvalroq Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustinga Moskva viloyatidagi Crocus City Hall majmuasida sodir bo‘lgan terakt oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.

Shuningdek, bugun, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament a’zolari Moskva viloyatida sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati