• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston hududlari va Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengayadi

O‘zbekiston hududlari va Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengayadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:38
O‘zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi va provinsiya Savdo sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Yan Goxua bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish, joriy yilda rejalashtirilgan ko‘rgazmalar, xalqaro va qo‘shma tadbirlarda mamlakatimiz vakillarining ishtirokini ta’minlash hamda delegasiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo va investisiya sohalaridagi hamkorlik ko‘lami bir necha martaga oshganini ta’kidladilar. Xitoy tomoni ushbu yo‘nalishda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda Chjeszyan provinsiyasi Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiy va turizm salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Chjeszyan provinsiyasi Xitoyning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, iqtisodiy salohiyati bo‘yicha mamlakatda eng yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Provinsiyaning ma’muriy markazi – Xanchjou shahri 2023 yilgi yozgi Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati