Namanganda davlat raqamisiz Lacetti’ni xavfli manyovrlar bilan boshqargan yigit ushlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 25-03-2024, 11:36
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil davlat raqami belgisini yechib olib, avariya holatini keltirib chiqaruvchi harakatlar bilan boshqarilgan transport vositasining videosi tarqaldi. Namangan viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu avtomobil topilgan.
Inspektorlar tomonidan 19 yoshli haydovchining qoidabuzarligiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.
Yangiqo‘rg‘on yo‘nalishida davlat raqami yechilgan holatda yurib ketayotganimda yonimda sherigim videoga oldi. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketib qoldi, — deydi qoidabuzar haydovchi.