O‘zbekicton musulmonlari idorasi vakillari Janubiy Koreyaga tashrif buyurishdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:14
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish va ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida kechadan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy vakillarining Janubiy Koreyaga tashrifi boshlandi. deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu tashrif doirasida Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Alimov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Otabek Avezov, Namangan viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Obid Ikromov hamda Toshkent Islom instituti prorektori Tohir Ibodullayev ishtirokida Janubiy Koreyadagi fuqarolarimiz zich yashaydigan shaharlarda ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil qilinadi.



Tashrif davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillarining vatandoshlar, milliy diasporalar yetakchilari bilan uchrashuvlari hamda mahalliy masjidlarda Islom dinining qadriyatlari, muborak Ramazon oyi fazilatlari, shukronalik hissi, yurt ravnaqi, vatan taraqqiyoti, millat hamjihatligi, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilish, radikalizmga qarshi kurashish, Janubiy Koreyada yashovchi o‘zbek yoshlari o‘rtasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish haqida ma’ruzalar qiladi.

O‘zbekiston imom-xatiblarining Janubiy Koreyaga tashrifi 30 martga qadar davom etadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati