Sirdaryoda chigit ekish boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:08
Yurtimizda Navro‘z shukuhi kezayotgan ayni bahor kunlarida Sardoba tumanida joriy yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlariga qizg‘in kirishildi.

Jonliq so‘yilib, dehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, duolar qilindi.

Joriy yil hududda jami 12 ming gektar maydonga chigit ekilib, sanoat uchun qimmatbaho xomashyo yetishtirish maqsad qilingan.

"Sardoba universal klaster" MCHJ dalasida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, sektorlar rahbarlari, fermerlar, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali amaliy seminarda mavsum oldidan agrotexnik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Soha mutaxassislari tomonidan chigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, undirib olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Seminar doirasida yuqori hosildor chigit va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ham tashil etildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati