O‘zbekistonning O‘mondagi elchixonasida Navro‘z tantanalari nishonlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 11:00
O‘zbekiston elchixonasida Navro‘zi olam bayrami nishonlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirga O‘monda doimiy va vaqtincha yashayotgan vatandoshlar qatnashdi. Ishtirokchilarga O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasidagi muhim vazifalar haqida so‘zlab berildi.

Sulton Kobus universiteti o‘qituvchisi, professor Erkinjon Karimov o‘z nutqida o‘tgan yetti yil davomida davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar barcha jabhada o‘z samarasini berayotganini qayd etdi.

O‘monda bo‘lib turgan hamyurtlarimiz bilan kelgusida o‘zbek milliy madaniyati va tarixi hamda turizm salohiyatiga oid turli tadbirlarni birgalikda tashkil etish xususida kelishib olindi.

Tadbir yakunida uning ishtirokchilari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati