Makron suiqasddan qo‘rqib, shaxsiy xavfsizligini kuchaytirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:54
Fransiya rahbari Emmanuel Makronning xavfsizlik xizmati prezidentning hayotidan qo‘rqib, kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda. Bu haqda Yelisey saroyidagi manbalarga tayanib, Marianne nashri xabar berdi.

Marianne suhbatdoshlariga ko‘ra, Makron o‘z xavfsizligidan juda xavotirda va suiqasddan qo‘rqadi. Prezident tashrif buyurgan joylarda polisiya xodimlariga ham talablar kuchaytirilayotgani aytilmoqda.

Fransiya prezidenti 2023 yilning kuzida xavfsizlikni kuchaytirishni buyurgani ma’lum qilindi. Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng Makron Mudofaa va Milliy xavfsizlik kengashini yig‘gan. Unda terrorchilik tahdidi darajasini maksimal darajada oshirishga qaror qilingan.

Fransiyada jami beshta terror tahdidi darajasi mavjud bo‘lib, ular oqdan (xavfsiz) binafsha ranggacha (bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtlarda yirik terrorchilik hujumlari xavfi) bo‘lgan xavfni o‘z ichiga oladi. Parij oxirgi marta 2023 yilning oktyabr oyida HAMASning Isroilga hujumidan keyin tahdid darajasini maksimal darajaga ko‘targan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati