Dalalarda ekin ekish ishlari boshlab yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:50
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga qarashli nav sinash stansiya va uchastkalarda joriy yilgi ekish mavsumiga puxta taraddud ko‘rilmoqda. Texnika va mexanizmlar, urug‘lik chigit, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i moylash materiallari dolzarb palla tadbirlari uchun shay etib qo‘yildi.

Shuningdek, dala madaniyatiga alohida e’tibor qaratgan holda ishlarni samarali tashkil etish, baraka urug‘i qadash ishlarini har bir hudud tuproq-iqlim sharotilarini nazarda tutib, dalalarga g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish, yerlarni tayyorlash va urug‘ ekish tadbirlarini bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda tashkil etilmoqda.

Dala-dehqonchilik ishlari ezgu niyatlar bilan boshlanar ekan, joriy yilda ko‘zlangan marralarga erishish, barcha ekinlar bo‘yicha barakali xirmonlar uyish uchun o‘tgan yillardagi faoliyat sarhisobi qilinishi, hosil uchun kurashning turli bosqichlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan tegishli xulosalar chiqarib olinishi darkordir.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati