Toshkentda 2,5 mingdan ortiq ish o‘rinlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:44
“Toshkent shahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (MSZ) tashkil etiladi. MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi. MSZni boshqarish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi. “Yangi avlod” MSZ hududida investisiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi. MSZ hududida 2025 yil yakunigacha 1,5 milliard AQSh dollari miqdorigacha to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investisiyalari o‘zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.

“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etilishi haqida 2024 yilning fevralida ma’lum qilingandi. O‘shanda prezident poytaxtda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar loyihalari bilan tanishgandi. Davlat rahbariga taqdimotda Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi to‘g‘risida axborot berilgandi.

664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasi hududida yaqin yillarda 1,5 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investisiyalarini o‘zlashtirish, 2,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, yiliga 1 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirish rejalashtirilayotgani aytilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati