Tashuvchilar bilan ochiq muloqot

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:36
24 mart kuni Transport vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatidagi milliy tashuvchilar (korxona rahbarlari va vakillari) ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Xususan, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalari maxsus formula orqali qay tartibda taqsimlanishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shundan so‘ng, tashuvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan muammoli vaziyatlar har bir korxona kesimida birma-bir ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida tashuvchi korxona vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati