JSST: Dunyoda vaboga qarshi vaksinalar taqchilligi kuzatilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:34
So‘nggi yillarda qator mintaqalar bo‘ylab avj olayotgan vabo epidemiyasi millionlab insonlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda. Garchi bu og‘ir xastalikdan himoyalanish chorasi allaqachon topilgan bo‘lsa-da, biroq unga qarshi vaksinalar zaxirasi nihoyasiga yetdi.

???? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus va Zambiya prezidenti Xakainde Xichilem muallifligida e’lon qilingan tahliliy maqola ayni shu o‘tkir muammoga bag‘ishlandi.

???? Qayd etilishicha, uch yildan buyon sayyoramizda mazkur epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashyapti. Masalan, 2021 yilda 223 ming kishi bu dardga chalingan bo‘lsa, 2022 yilda mavjud ko‘rsatkich ikki barobar oshib, 473 mingtaga yetdi.

???? 2023 yilgi hisob-kitoblar esa yanada xavotirli. Jahon bo‘yicha o‘tgan yili 700 mingdan ko‘proq bemorga vabo tashxisi qo‘yilgan. Eng yomoni, hozir ham 23 mamlakatda kasallanish holatlari ro‘yxatga olinyapti va 1 milliarddan ziyod insonning salomatligi xavf ostida.

???? Biroq farmasevtika kompaniyalari past rentabellik tufayli bu kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ygan. Chunki aksariyat vabo o‘choqlari eng qashshoq mamlakatlarda aniqlanyapti. Tabiiyki, ular bunday himoya vositalarini katta miqdorda xarid qilishga qodir emas.

???? Shunga qaramay, joriy yilda 37-50 million doza vaksina ishlab chiqarilishi prognoz qilinmoqda. Lekin bu millionlab odamlar ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli emas.
‼️ Shundan kelib chiqib, JSST ishlab chiqaruvchilar, homiylar va hukumatlarni bu borada hamkorlikka hamda vaboga qarshi kurashish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati