Crocus’ga hujum qilganlar Markaziy Osiyoda ham terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan — OAV

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:32
Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’dagi terroristik hujum tashkilotchilari bir vaqtning o‘zida Markaziy Osiyo davlatlaridan birida navbatdagi teraktga tayyorgarlik ko‘rgandi, biroq uning oldi olindi. Bu haqda manbaga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

“Izvestiya” suhbatdoshi terakt uyushtirish rejalashtirilgan mamlakat nomini aytmadi, biroq bu Crocus City Hall’ga qilingan hujum bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, Moskvadagi teraktga tayyorgarlikning avval noma’lum bo‘lgan tafsilotlarini ham keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar konsert zaliga oddiy benzin bilan o‘t qo‘ygan.

U guruh klassik ma’noda uyushgan terrorchilik yacheykasi emasligi, balki tom ma’noda teraktdan bir necha hafta oldin tuzilganini aytdi.

Crocus City Hall’dagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 133 kishi halok bo‘ldi, 182 kishi yaralandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati