«Barselona» ayollar jamoasi ketma-ket 14-marta «Real»ni mag‘lub etdi (video)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:30
«Barselona» ayollar jamoasi «Real» ustidan g‘alabali seriyani davom ettirdi. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida Madridda to‘p tepib, 3:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarga Fridolina Rolfe, Aytana Bonmati va Karolina Xansen mualliflik qildi. Bu «Barsa» ayollar jamoasining «Real» ustidan qozonilgan ketma-ket 14-g‘alaba bo‘ldi. Ushbu statistika 2020 beri yuritilmoqda. O‘shanda «Takon» klubi bazasida «Real» ayollar jamoasi tashkil etilgandi.«Barsa» Primera jadvalida 61 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. «Real» esa 49 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati