APLning 10 nafar eng yaxshi markaziy himoyachilari reytingi e’lon qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 10:02
Give Me Sport nashri Angliya premyer-liganing eng yaxshi o‘n markaziy himoyachi nomini e’lon qildi.Ro‘yxatdan quyidagi markaziy himoyachilar o‘rin olgan:1.Virjil van Deyk (“Liverpul”);2. Uilyam Saliba (“Arsenal”);3. Jon Stounz (“Manchester Siti”);4. Ruben Diash (“Manchester Siti”);5. Gabriel (“Arsenal”);6. Mikki van de Ven (“Tottenxem”);7. Ibrahima Konate (“Liverpul”);8. Ezri Konza (“Aston Villa”);9. Lisandro Martines (“Manchester Yunayted”);10. Sven Botman (“Nyukasl”).Shunday qilib, ushbu kuchli o‘ntalikdagi barcha o‘rinlarni Premyer Liga turnir jadvalining kuchli 10 taligidagi klublar vakili bo‘lgan futbolchilar egalladi.Joriy mavsumda Angliya Premyer Ligasining 28-turidan so‘ng “Arsenal” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta shogirdlari hisobida 64 ochko bor va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi “Liverpul”dan oldinda. “Manchester Siti” esa uchinchi o‘rinda. Kuchli to‘rtlikni “Aston Villa” yakunlab turibdi. Birmingem klubi 28 uchrashuv natijasiga ko‘ra 56 ochko jamg‘argan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati