• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ekaterinburgdagi savdo markazlarida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan bo‘lgan xodimlarning ro‘yxati so‘raldi

Ekaterinburgdagi savdo markazlarida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan bo‘lgan xodimlarning ro‘yxati so‘raldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-03-2024, 08:58
Rossiyada Crocus City Halldagi teraktdan so‘ng muhojirlarga nisbatan yangi diskriminasiya holatlari kuzatilmoqda.

23 mart kuni Moskvaga kelgan Qirg‘izistonning o‘ndan ortiq fuqarosi “Sheremetyevo” aeroportidan chiqarilmagan. Bir necha kishi Qirg‘izistonga qaytib ketishgan. Biroq chiptalar narxi oshgani uchun ko‘pchilik bunday qila olmagan.

X tarmog‘ida taksichilarga yo‘lovchilar tomonidan yozilgan xabarlar tarqalmoqda:

“Sizning millatingiz nima? Agar Tojikistondan bo‘lsangiz, buyurtmani bekor qiling”, “Tojikistonlik bo‘lsangiz, buyurtmani bekor qiling, men siz bilan ketmayman yoki “GAI”ni chaqiraman, yo‘lovchi tashish bo‘yicha lisenziyangizni tekshirib ko‘rsin”, deb yozadi yo‘lovchilar haydovchilarga.

Ekaterinburgdagi savdo markazlarida ijarachilardan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan bo‘lgan xodimlarining ro‘yxatini taqdim etishlari so‘ralgan. Talabni bajarmaslik 3000 rubl (salkam 408 ming so‘m) jarimaga olib keladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati